13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Seul shahridagi elchixonasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va uni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Koreya “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida o‘tkazilgan “davra suhbati”da ekspertlar ikki tomonlama hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar, madaniy-gumanitar hamkorlik holatiga baho berdilar. Shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda ishchi mehnatchilarning ushbu mamlakatlarda o‘zaro almashinuvini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlarining rejalashtirilgan uchrashuvi va ikki tomonlama qator muzokaralar ikki davlatlar o‘rtasidagi do’stlik, hamkorlik va sherikchilik kabi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O‘zbekistonlik mutahassislar Koreya tomonidan hamkorlarga Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasidagi keyingi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni taqdim etdi. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlarga, shuningdek, Koreya Respublikasi alohida o‘rin tutadigan strategik sherik davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida koreyalik ekspertlar O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallashini va Koreya Respublikasining ushbu mintaqadagi eng muhim hamkori ekanligini ta’kidladilar. Bugungi kunda keyingi o'n yilliklarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos bo'ladigan navbatdagi keng ko'lamli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish ob'ektiv zarurati borligi qayd etildi.
Jumladan, Koreya Respublikasi akademik davra vakillari ikki davlat o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-texnik mutaxassislar almashinuvi sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama kun tartibini har ikki tomonning ulkan salohiyatiga javob beradigan siljishli kelishuvlar bilan yanada to‘ldirish muhimligi haqida kelishib oldilar. Ular ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va Markaziy Osiyodagi ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma anjumanlar tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.
Koreya tomonidan Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi sobiq elchisi, Kemyung universiteti professori Chon Dae Van, Markaziy Osiyo-Koreya hamkorlik forumi bosh kotibi Li Jongkuk, Yevroosiyo turkiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Tonduk Xotin-qizlar universiteti O Eunkyon va Koreya Politexnika Universiteti Koreys tilini o‘rganish markazining tashqi aloqalar bo‘limi direktori, professor Jo Nam Ju qatnashdilar.