Joriy yilning 28 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Markaziy bank tahlilchilari ishtirokida bank tizimining rivojlanishini baholashda jahon amaliyotida qo‘llaniladigan usullarga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Banklarning moliyaviy barqarorligi, xatarlarni tahlil qilish, samarali ishlash strategiyalari va yondashuvlari muhokamasiga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda ushbu usullardan foydalanish muhimligini ta’kidladilar.
Tadbir yakuniga ko‘ra, SMTI va Markaziy bank o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashinuvini davom ettirishga tayyorligi bildirildi.
Keyingisi
SMTIda rossiyalik ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 1 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Rossiya Fanlar akademiyasi Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti (RFA XZOI) direktori Kirill Babayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
02.04.2024