15 dekabr kuni Koreya Respublikasi Seul shahridagi Xanyan universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi munosabati bilan “O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik hamkorlik” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Koreya Prezidenti tomonidan tashkil etilgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi ko‘magida Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Koreya Respublikasining 8 yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti va tahlil markazlaridan 25 nafardan ortiq taniqli professor-o‘qituvchilar va ekspertlar ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan STMI, ITIM va MOXI yetakchi tahlilchilari ishtirok etdi.
Tadbirda ikki davlatning siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligi, xalqaro va mintaqaviy darajadagi faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari tahlil qilindi. Investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni o‘rganilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Davlat rahbarlarining bo‘lajak sammiti kun tartibi ko‘rib chiqilib, ikki tomonlama muloqotni chuqurlashtirishning istiqbolli imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Anjuman ishtirokchilarining vakillik tarkibi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashishni oldindan belgilab berdi, shuningdek, alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish bo'yicha g'oyalarni ishlab chiqish imkonini berdi.
Xanyan universiteti qoshidagi Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi direktori Om Gu Xo o‘zining qutlov nutqida O‘zbekiston rahbarining Koreyaga bo‘lajak tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, kun tartibini yangi keng ko'lamli hamkorlik tashabbuslari bilan boyitish uchun zamin yaratishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatni Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi davlatga aylantirmoqda hamda aholi turmush darajasini yuksaltirish uchun zarur shart-sharoit yaratmoqda.
Om Gu Xo O‘zbekiston rahbarining bunday siyosati Koreya Respublikasining “Iqtisodiy hamkorlikning yangi shimoliy siyosati”ning asosiy hamkori sifatidagi rolini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan seminar turli darajadagi barcha qo‘shma tadbirlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilish va ikki davlat manfaatlarining istiqbolli “kesishuv nuqtalari”ni aniqlash imkonini beradi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiev bugungi kunda O‘zbekiston-Koreya strategik sherikligi boy va samarali xarakter kasb etganini ta’kidladi.
STMI rahbari oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Prezident Mun Chje Inning “Yangi shimol siyosati” Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” rivojlanish strategiyasi bilan hamohangdir. Bundan tashqari, Oʻzbekiston rahbari tashabbusi bilan boshlangan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro aloqani tiklash jarayoni Seulning yangi Shimoliy va Janubiy siyosatini bogʻlash imkonini beradi.
O‘zbekistonlik ekspert ta’kidlaganidek, bunday tashabbus yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni yetkazib berishning yangi zanjirlarini yaratish orqali O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, seminar raqamli iqtisodiyot, aqlli shaharlarni rivojlantirish, yashil energiyaga manbalariga o‘tish, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ta’lim almashinuvini kengaytirish va ikki davlat yoshlarining hamkorlik platformalarini tashkil etish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi. Seminarda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari kun tartibining bunday kengayishi ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik istiqboliga har ikki tomonlama ko’p fikrlilik asosida holda qarash imkonini beradi.