10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.
Prezident Toqayev Qozog‘iston Respublikasidagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston yetakchisi halok bo‘lganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezda shifo topishlarini tiladi.
Tomonlar birodar Qozog‘iston zaminida tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdilar.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston xalqi va Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubida qardosh Qozog‘iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda og‘ir jarohatlar olgani, ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va do‘st Qozog‘iston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etilgan.
10.01.2022Keyingisi
Muhim infratuzilma loyihalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni qurilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tabiiy gaz ta’minotiga oid loyihalar bilan tanishdi.
11.01.2022