Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev, an’anaga ko‘ra, Samarqandga tashrifi chog‘ida buyuk muhaddis Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi.

Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari majmua qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda qariyb 10 ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, to‘rtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. 

Maqbaraning o‘ng tomonida, yerostida galereya qurilmoqda. Bu yerda ziyoratchilar alloma qabrini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqbara naqqoshlik va xattotlik san’ati asosida sayqallanadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yoziladi. 

Shu yerda galdagi qurilish ishlari haqida ma’lumot berildi. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxona, kushxona barpo etiladi. 

Prezident ularni sifatli qurish, ko‘p sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari Hazrati Hizr majmuasidagi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.

 

Manba