Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.
Muloqot har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.
16.03.2021Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya elchisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.
17.03.2021