O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni videoanjuman shaklida o‘tadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi.
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuv kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar, transport va logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunida do‘stlik munosabatlarini va ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan Dehli deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitidagi nutqi
Hurmatli Rais Si Szinpin janoblari! Muhtaram hamkasblar, aziz do‘stlar!
26.01.2022Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev: Hamma islohotlarni, hamma harakatlarni jamiyat bilan birga qilamiz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
26.01.2022