Birinchi Prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Islom Karimov bundan o‘ttiz bir yil oldin mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga e’lon qilgan edi. Bu davlatchiligimizni va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘ldi. Shu bois, Birinchi Prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir.

Xotira tadbirida Islom Karimovning xalqimiz manfaati yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi. Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu yosh avlodga o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham Birinchi Prezidentimiz haykaliga gullar qo‘ydi.

Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.

Manba