Suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.
Prezidentlar Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirdilar.
Shu bilan birga, davlat rahbarlari vujudga kelgan holatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Oldingisi
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
06.01.2022Keyingisi
Prezident Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari majmuasini borib ko‘rdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
08.01.2022