O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Unda mamlakatimizdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari barcha muhim yo‘nalishlardagi yangilanishlarga to‘xtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini shuningdek, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida ta’kidladi.
Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan samarali chora-tadbirlar iqtisodiy islohotlarning dinamikasini ta’minlayotganini ta’kidlab, bu sohadagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.
Oldingisi
BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
14-dekabr kuni BMT Bosh assambleyasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.
19.12.2022Keyingisi
Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yilning 21-22-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
19.12.2022