Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yo‘l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo‘llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Poytaxtimizda transport vositalari soni ortib bormoqda. Ayrim ko‘chalardagi yo‘nalishlar, yo‘l harakati belgilari qatnovga noqulaylik tug‘dirmoqda. Shu sababli yirik ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Ushbu muammoni bartaraf etish, haydovchi va yo‘lovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida muhandislik yechimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi Parkent ko‘chasi va Kichik halqa yo‘lini Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalish ochish rejalashtirilgan.
Taqdimotda davlatimiz rahbari Transport vaziriligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan o‘ndan ortiq ko‘chada qisqa muddatlarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq berdi.
Keyingisi
Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga maktub yo‘lladi
Mening nomimga yo‘llangan, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy qardoshlik aloqalari chuqur tahlil qilinib, mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan maktubingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildirish sharafiga muyassarman.
24.02.2021