Prezident Dashtbog‘ kichik sanoat zonasidagi korxonalarni ko‘rganidan keyin, mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ismoil Kirgizov va Malika Parpiyeva xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Gurungga qo‘ni-qo‘shnilar ham keldi.
- Men ko‘proq oddiy odamlar bilan gaplashsam, sizlarning ko‘zlaringizga qarasam, niyatlaringizni bilsam deyman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Nuroniylar mahalla tizimiga e’tibor natijasini o‘z hayotlari misolida so‘zlab berdi. Ijtimoiy muammolar hal bo‘lib, turmush sharoitlari yaxshilanayotganini aytdi.
- Nima uchun hamma kuchni mahallaga tashlayapmiz. Markazdagi bitta ko‘chani yoritib qo‘yganimiz bilan odamlar rozi bo‘lmaydi-ku. Mahallalardagi odamlarimiz, ayollarimiz, jonajon yoshlarimizni kim eshitadi?! Namangan viloyatida ham 141 ta mahallada mammolar bor - qayerda yo‘l yo‘q, qayerda suv yo‘q, qayerda ishsizlik ko‘p. Ushbu kamchiliklarni bilib, his qilib, katta mablag‘ bilan kelganmiz. Endi uni kim nazorat qiladi, kim xalqni o‘ylaydi? Mahalla, jamoatchilik. Endi mahalla raisi yangilikka intilgan, odamlarning og‘irini yengil qiladigan bo‘lishi kerak, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Dashtbog‘ mahallasi idorasi, Davlat xizmatlari markazi filiali ko‘zdan kechirildi.
Oldingisi
Mahalladagi kichik sanoat zonasida 22 ta korxona bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida bo‘ldi.
18.02.2021Keyingisi
Prezident bandlik muassasalari faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Art soft holding» shirkatining ilmiy-amaliy malaka oshirish markazi hamda «Ishga marhamat» mono-markazi faoliyati bilan tanishdi.
18.02.2021