Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
Hukumatlar o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Eron Milliy standart tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik dasturi, Texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Harakatlar rejasi shular jumlasidan.
Qo‘shma erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, farmatsevtika, transport va tranzit sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar qabul qilindi.
Shuningdek, Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi, Nizolarni hal etish va arbitraj to‘g‘risida anglashuv memorandumi, Qayta sug‘urtalash sohasida hamkorlik bo‘yicha fakultativ bitim va boshqa hujjatlar ham imzolandi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Eron delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
18.06.2023Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Eronning ilmiy-texnik yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Tehron shahrida innovatsiyalar va texnologiyalar ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
18.06.2023