Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, do‘st Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.
Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.
Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, moliya, infratuzilma yo‘nalishlarida yirik qo‘shma loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan ta’kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Keyingisi
Davlat rahbarlarining muzokaralari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
11.03.2021