O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammitining asosiy tadbirlari boshlandi.
Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni samimiy qutladi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokarasi boshlandi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Abu-Dabi valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
11.03.2021Keyingisi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari strategik sheriklikning dolzarb masalalari bo‘yicha “soatlarini solishtirib oldi”
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining tor doiradagi muzokarasi bo‘lib o‘tdi.
11.03.2021