Turkmaniston poytaxtida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama savdo hajmining ortishiga ko‘maklashish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari Afg‘onistondagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdilar.
Oldingisi
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n beshinchi sammiti ishida ishtirok etdi.
28.11.2021Keyingisi
Prezident Toshkentga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi.
28.11.2021