Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi.
Davlatimiz rahbari sammitdagi nutqida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab takliflarni ilgari surdi.
Anjuman yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik 2022-yilda O‘zbekistonga o‘tgani sammitning muhim natijalaridan biri bo‘ldi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Eron Prezidenti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi
Turkmaniston poytaxtida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
28.11.2021