O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ushbu nufuzli moliyaviy institut prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda Bank bilan munosabatlarda yuksak darajaga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Hamkorlik portfeli 2 milliard dollarga yetdi. Transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va kommunal soha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini yuqori baholadi va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Bank kambag‘allikka qarshi kurashish va eng avvalo qishloq joylarda ish o‘rinlarini yaratish, davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni aralash tarzda moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va boshqa muhim yo‘nalishlarda O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni rivojlantirishga intilishi qayd etildi.
Markaziy Osiyo mintaqasida strategik muhim infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Keng ko‘lamli hamkorlik doirasidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yangi o‘rta muddatli Sheriklik dasturi va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti ayollarni bayram bilan tabrikladi
Xalqaro kongress markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
07.03.2023Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan hamkorlikdagi loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
09.03.2023