O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Aqilbek Japarov davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.
Joriy yilning yanvar oyida Bishkek shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, savdo, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Avtomobilsozlikda, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini jadal sur’atda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvda Qambarota-1 GESni birgalikda barpo etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini faol tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Joriy yilda parlamentlar, hukumatlar, ekspertlar, jamoatchilik va yoshlar darajasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish mo‘ljallangani ta’kidlandi.
Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti OIIB bilan keng ko‘lamli hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ushbu nufuzli moliyaviy institut prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
09.03.2023Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisi Si Szinpinni lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
10.03.2023