O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 14-chaqiriq birinchi sessiyasida oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbarining qutlovida so‘nggi yillarda Xitoy Si Szinpin rahbarligida barcha soha va tarmoqlarda misli ko‘rilmagan natijalarga erishgani, ilmiy-texnologik, innovatsion va ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani alohida ta’kidlangan.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mutlaqo yangi - har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga XXR Raisining qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi qayd etilgan.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan davlatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligi bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Si Szinpinga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan hamkorlikdagi loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
09.03.2023