O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi.
O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal sur’atda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda kambag‘allikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni Sian shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etdi.
19.05.2023Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti qo‘shma korkonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi ikkinchi kuni doirasida qator ishbilarmonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
19.05.2023