O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda faol parlamentlararo almashinuvlarni davom ettirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishning ahamiyati qayd etildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Oldingisi
Prezident Nukusdagi mahallada mehmon bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni Nukus shahridagi Altin jag‘is mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi.
30.03.2023Keyingisi
Sirdaryo viloyati innovatsion hududga aylantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
07.04.2023