O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Ikki mamlakat hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun zamonaviy savdo-tijorat va logistika infratuzilmasini yaratish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish, uy-joy kommunal xo‘jalik va shaharsozlik sohalarida sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarning davom ettirilishi qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.
Oldingisi
Hududlarda sanoatni rivojlantirish choralari belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-noyabr kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
07.11.2022Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini boshlab berdi
9-noyabr kuni Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
09.11.2022