O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Xolid al-Falih O‘zbekiston Respublikasiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ol-Saud va Valiahd shahzodasi Muhammad ol-Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Saudiya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, yirik investitsiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasida ilgari surilayotganini yuqori baholadi.
“ACWA Power” korporatsiyasi mamlakatimizning turli hududlarida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va “yashil” energetikani rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik loyihalarni ilgari surishga hissa qo‘shayotgani alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, Saudiya taraqqiyot fondi ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga ega qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Yo‘l xaritasi” asosida neft-gaz, gaz-kimyo va kimyo tarmoqlari, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda istiqbolli investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari Binali Yildirimni qabul qildi.
24.03.2022Keyingisi
Investorlar uchun qulay va jozibador sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlarimizni yanada jadallashtiramiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi
25.03.2022