O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi.
Ko‘hna Sian shahrining xalqaro aeroportida ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 18-may kuni XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazadi.
19-may kuni O‘zbekiston Prezidenti "Markaziy Osiyo - Xitoy" birinchi sammitida ishtirok etadi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi
Samarqand shahridagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-may kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
18.05.2023Keyingisi
Prezident YETTBning Samarqand sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Samarqand shahrida o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.
17.05.2023