Joriy yil 18-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir kun tartibiga birinchi masala sifatida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqish kiritilgan edi.
Ushbu rezolyutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan.
Hujjat BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Hujjatga dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlat, shu jumladan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Turkiya, Yaponiya, Pokiston, Eron Hindiston, Misr, Malayziya, Singapur, Vetnam, Bangladesh, Iordaniya, O‘mon, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Vengriya, Ruminiya, Jazoir, Paragvay va boshqa mamlakatlar hammualliflik qilishdi.
Oldingisi
Sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim yo‘nalishlar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-may kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
19.05.2021