Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso xonimni qabul qildi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini ilgari surishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining faol ishtirokini davom ettirishga doir amaliy jihatlar muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va YETTB hamkorligida misli ko‘rilmagan yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bankning mamlakatimizdagi loyihalari portfeli 3 milliard yevroga yetdi, unda xususiy sektorga investitsiyalar ulushi 50 foizgacha oshdi.
Ushbu yetakchi moliyaviy institutning sarmoyalari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil mintaqada peshqadam bo‘lib turibdi.
YETTBning Andijon va Urganch shaharlaridagi filiallari faoliyat yuritmoqda.
Prezident Odil Reno-Basso davlatimiz rahbarini Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlab, bank Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga erishish yo‘lida to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuvda sheriklik munosabatlarini kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib olindi.
Davlat korxonalari va baknlarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, “yashil” taraqqiyot, energetika va transport sohalaridagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surishga joriy qilish, shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligiga oid dasturlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kelgusi yilda O‘zbekistonda YETTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.
Oldingisi
Surxondaryoda issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yana bir muhim voqea – Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.
24.03.2022Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti va OTB rahbari strategik sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi.
24.03.2022