14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Hukumati rahbarini “FIDЕS” – Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan bir-birini tabrikladilar.
Strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, Vengriya Bosh vazirining o‘tgan yili mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi.
Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Suhbat har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Keyingisi
Xizmatlar sifati va qamrovini oshirish vazifasi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar va joriy yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
15.04.2022