O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida Budapesht shahrining Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari Vengriya davlatchiligini barpo etishga hissa qo‘shgan buyuk arboblar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Marosim faxriy qorovul xizmatchilari ishtirokida, harbiy orkestr sadolari ostida o‘tdi.
Ushbu maskan Budapeshtning bosh maydonlaridan biri bo‘lib, YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Maydon markazida Mingyillik ustuni qad rostlagan, uning poyida mojar qabilalarining 7 nafar boshlig‘i haykallari o‘rnatilgan. Ushbu yodgorlik vengerlarning bugungi vatanini topishi va Vengriya qirolligiga asos solinishiga bag‘ishlangan.
Majmuada venger xalqining atoqli namoyandalari haykallaridan iborat 2 ta kolonnada joylashgan. Yodgorlikning old tomonida Vengriya qahramonlari sharafiga xotira toshtaxtasi o‘rnatilgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Bugun, 4-oktabr kuni Budapesht shahrida Vengriya Parlamentining binosi ro‘parasidagi Layosh Koshut nomidagi maydonda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
04.10.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Vengriya Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
Budapesht shahridagi Shandor saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
04.10.2022