O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi.
Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.
Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi
Budapesht shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,...
20.08.2023Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
21.08.2023