O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 3-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Mamlakatimiz yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4-oktabr kuniga mo‘ljallangan. Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Prezidentimizning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish ko‘zda tutilgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Budapeshtga jo‘nab ketdi
Vengriya tomonining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
03.10.2022Keyingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Bugun, 4-oktabr kuni Budapesht shahrida Vengriya Parlamentining binosi ro‘parasidagi Layosh Koshut nomidagi maydonda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
04.10.2022