O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda mintaqaviy hamkorlikning eng muhim jihatlari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mamlakatdagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekani ta’kidlandi.

Afg‘on muammosining tinch yo‘l bilan hal etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik ham davom ettiriladi.

Manba