O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni BAAga amaliy tashrif doirasida Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashdi.
O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘tgan yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tgan uchrashuv kelishuvlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Chorvachilik, oziq-ovqat, charm, agrar, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Avtomobil va havo kommunikatsiyalari, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda shartnoma-huquqiy asoslarni takomillashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Kelgusi yilda qo‘shma Hukumatlararo qo‘mita va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishlarini o‘tkazishga kelishildi.
Ushbu uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga ahdlashib olindi.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Podshohi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi.
01.12.2023Keyingisi
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Dubay shahrida o‘tayotgan Butunjahon iqlim sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
01.12.2023