O‘zbekiston va Turkiya Prezidentining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Dubay shahrida o‘tayotgan Butunjahon iqlim sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama hamkorlik loyihalari va dasturlarini yanada ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Global iqlim o‘zgarishlariga qarshi samarali kurashish borasidagi navbatdagi qadamlar yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Manba