O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud ayyomi bilan dildan muborakbod etib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.
O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgani, eng avvalo, o‘zaro tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani, iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma quvvatlarni tez fursatda ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.
Yetakchilar mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘oniston bo‘yicha yuzaga kelayotgan vaziyat xususida fikr almashdilar.
Oldingisi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
24.07.2021Keyingisi
O‘zbekiston Prezidenti Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
24.07.2021