O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Sadir Japarov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan dildan tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Joriy yilning 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammiti davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi. Energetika, trasnport, mashinasozlik, farmatsevtika va boshqa tarmoqlardagi qo‘shma loyihalarni jadal ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Yaqinda o‘tkazilgan Markaziy va Janubiy Osiyoning bog‘liqligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyaning mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashdagi muhim o‘rni qayd etildi.
Shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan 6 avgust kuni Turkmanistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuvini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.
Oldingisi
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqa davlatlari rahbarlari sammitiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar
24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
24.07.2021Keyingisi
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
24.07.2021