Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan so‘ng mamlakatlarimiz yetakchilari muzokara o‘tkazdilar.
Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari va birodar turkman xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Betaraflik kuni bilan samimiy qutladi.
Ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Joriy yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonning IHTdagi sermahsul raisligini yuksak baholadi va Ashxobod sammiti muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
So‘ng tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Oldingisi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni tongda Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi. U yerda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
28.11.2021Keyingisi
O‘zbekiston va Pokiston Prezidentlari ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
Ashxobod shahrida o‘tayotgan IHT sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
28.11.2021