O‘zbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turkmaniston Prezidentining qarorgohi – “Og‘uzxon” saroy majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushdilar.

Marosimda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirok etdi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazmoqda.

Manba