Bugun, 27-yanvar kuni Bishkekdagi “Ala-Archa” qarorgohida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olish marosimi bo‘ldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Bishkekka keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.
26.01.2023Keyingisi
Shavkat Mirziyoyev: Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir
Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
27.01.2023