Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimdan so‘ng, bayram saylida ishtirok etdi. Sayilga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, ularni tabrikladi.
Nuroniylar Allohdan bayram qutlug‘ kelib, hosillar mo‘l, rizqu nasibamiz ko‘p bo‘lishini, yanagi Navro‘zlarga tinchlik-forovonlikda yetkazishini so‘rab duolar qildi.
Davlatimiz rahbari milliy madaniyat markazlari, folklor-enografik jamoalar chiqishlarini kuzatdi. Yosh ijrochilarga doim o‘qish va izlanishda bo‘lish kerakligini ta’kidlab, ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.
Navro‘z sayillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, qishloq va mahallalarda davom etmoqda.
Oldingisi
Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
21.03.2021Keyingisi
Siz, azizlarni, sizlar orqali ko‘p millatli xalqimizni sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
21.03.2021