Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarga chiqqanda xalq ichiga kirib, aholi turmush darajasini yaqindan o‘rganadi. Turmush darajasi esa, avvalo, ichki bozordagi mahsulotlarda, narx-navoda namoyon bo‘ladi.
Yangi yil arafasida Qarshi shahrida ko‘p qavatli savdo majmuasi ishga tushgan edi. Unda oziq-ovqat, maishiy texnika, xo‘jalik mollari do‘konlari va ko‘ngilochar maskanlar joylashgan.
Bugun Prezidentimiz ushbu majmuaga tashrif buyurib, oziq-ovqat va maishiy texnika do‘konlarini kirib ko‘rdi. Mahsulotlarning sifati va narxlariga e’tibor qaratdi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini yuqori baholadi.
Xaridorlar bilan suhbatda davlatimiz rahbari oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va xizmatlar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi.
Oldingisi
Prezident Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini borib ko‘rdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyati bilan tanishdi.
24.02.2023Keyingisi
Qashqadaryoda televizor ishlab chiqarilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Buyuk turon» kichik sanoati zonasida bo‘ldi.
24.02.2023