O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2023-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bugun, 27-dekabr kuni Prezidentimiz MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyiga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar muzey to‘plamidagi eksponatlar va san’at asarlari bilan tanishdi hamda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Shu bilan davlatimiz rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi, u “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Oldingisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
26.12.2022Keyingisi
Prezident zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
29.12.2022