Shavkat Mirziyoyev «Otan korg‘aushilar» monumentiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Nur-Sulton shahridagi "Otan korg‘aushilar" ("Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan qozog‘istonlik jangchilar xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Uning balandligi 37 metr. Monument markazida Vatan timsoli - ona tasvirlangan.

Xorijiy davlatlar rahbarlari bu yodgorlikka gul qo‘yib, Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtiromini bildiradilar.

Manba