Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
Marhumning haqiga Qur'on tilovat etildi.
O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.
– Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirayapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.
Oldingisi
Shavkat Mirziyoev Samarqanddagi turizm markazini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand tumanida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi.
15.04.2021Keyingisi
Prezident “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona mavjud xomashyo va infratuzilmadan samarali foydalanib, qishloq joylarda sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlari ochishda muhim o‘rin tutmoqda.
16.04.2021