Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:
- Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
- Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
- Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
- Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
- Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
- sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.
Oldingisi
Zamonaviy elektr stansiyasi ishga tushirildi, yana birining qurilishi boshlandi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning mamlakatimizga tashrifi doirasida yana bir muhim voqea – Toshkent viloyatida zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish hamda Sirdaryo viloyatida shunday stansiya qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Ushbu loyihalar Turkiyaning «Cengiz Enerji» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
30.03.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tariladi
Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.
30.03.2022