O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbarlarining uchrashuvida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Oldingisi
O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekani tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19-noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga keldi.
19.11.2021Keyingisi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ko‘paytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
22.11.2021