Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunlandi

Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi. 

Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston yetakchisi  turkiy dunyoni yanada yaqinlashtirish va ulkan salohiyatini to‘liq ishga solishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Sammit yakunida yetakchilar Samarqand deklaratsiyasi va boshqa bir qator hujjatlarni imzoladilar, Registon majmuasida daraxt ekdilar. 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga amaliy safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Manba