O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari o‘tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Asosiy e’tibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Oldingisi
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi.
26.03.2022Keyingisi
Tibbiyot sohasidagi vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
29.03.2022