15 sentabr kuni Samarqanddagi Kongress markazida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpin shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining muzokaralari boshlandi.
Oldingisi
Energiya ta’minoti bo‘yicha ishlar holati ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
25.10.2022Keyingisi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashning eng muhim yo‘nalishlari belgilab olindi
15-sentabr kuni Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
15.09.2022