Yaqinda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bishkekda bo'lib o’tgan ShHT Sammitida va Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash sammitida ishtiroki yuzasidan brifing bo’lib o'tdi. Brifingda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti direktori Eldor Aripov ishtirok etdi.
SMTI direktori ta’kidlaganidek, ShHT mintaqada xavfsizlikni ta’minlaydigan muhim tuzilmadir. Toshkentda terrorizmga qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi, xalqaro terroristik va boshqa tashkilotlar xaqidagi yagona axborot bazasini tashkil etuvchi, terrorizmga qarshi kurash bo'linmalari uchun mutaxassislar va o'qituvchilar tayyorlashga yordam beradigan, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo'yicha tadbirlarni tashkil bilan shug’illanadigan ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritib kelmoqda.
ShHT kotibiyatining ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi 4 yilda tashkilot doirasida 600 dan ortiq terroristik jinoyatlar oldini olindi, 500 dan ortiq terrorislar tayyorlaydigan bazalar yo’q qilindi, 2000 dan ortiq xalqaro terroristik tashkilot a’zolari faoliyati to’xtatildi.
Shuningdek Eldor Aripov barqarorlikni ta’minlash O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chuqur o’ylangan strategiyaning amaliy natijasi ekanini ta'kidladi.
“Qo’shni Afg’onistonda nimalar bo’layotganiga qarang. Har yili tinch aholi hayotdan ko’z yumadi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida oddiy fuqarolar orasida 305 kishi halok bo’lgan, 300 kishi yaralangan. 3.7 million bola maktabga bormaydi. Ularning 60 foizi qizlardir”, - dedi SMTI direktori.
Eldor Aripov quyшdagi faktlarga alohida e’tibor qaratdi, jumladan, olimlarning hisob-kitobllariga ko’ra, urushdan voz kechishga muvaffaq bo’lgan davlatlarning 50 foizi kelgusi besh yil ichida yana qurolli mojarolar girdobiga tortiladi. Urushdan oldingi darajaga qaytish odatda bir necha avlod kuchini talab qiladi.
“Shu bois, shuni tushunish juda muhimki, bir bora beqarorlikka yo’l qo’yilganidan keyin yana tinch hayotga qaytish oson bo’lmaydi. Tinchlikni saqlash oson emas lekin uni yo’qotish juda oson”, - dedi Institut rahbari.